All

Oʻzbekiston taklifiga muvofiq muhim hujjatlar qabul qilindi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidan soʻng hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.

16:52 14 Iyun 2019
Xalqaro donorlar kuni: Sirdaryoda ichki ishlar xodimlari ham qon topshirdi

Sirdaryo viloyati qon qoʻyish stansiyasi tomonidan oʻtkazilgan “Begʻaraz donorlik” aksiyasida ichki ishlar xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Stansiya bosh shifokori Haydar Salomovning xabar berishicha viloyat IIB tizimida faoliyat koʻrsatayotgan 51 nafar xodim ushbu xayrli ishga bosh qoʻshdi.

16:46 14 Iyun 2019
Fargʻonada 200 dan ortiq tadbirkorlarning muammolari ijobiy hal etildi

Viloyatning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlari uchun ochiq va amaliy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Respublika ishchi guruhiga biriktirilgan rahbarlar, viloyat hokimining oʻrinbosarlari ishbilarmon yurtdoshlarimizni qiynayotgan muammolar bilan yaqindan tanishdilar.

16:37 14 Iyun 2019
Namanganda mevalarni saralab va qayta ishlab eksportga chiqariladi korxonaga ishga tushirildi

Pop tumanida “Namangan agrologistik” markazi oʻz faoliyatini boshladi. Xorijning ilgʻor texnologiyasi bilan jihozlangan korxonada mevani saralash, muzlatish, qayta ishlash va qadoqlash yoʻlga qoʻyilgan. Tayyor mahsulotning asosiy qismi tashqi bozorga chiqariladi.

16:21 14 Iyun 2019
Tolimarjonda katta hashar uyushtirilmoqda (foto)

Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenov topshirigʻiga kura Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Tolimarjon shaharchasida hashar tashkil qilindi.

15:04 14 Iyun 2019
Mariam Laxshi : “Davlat ishbilarmonlik rivojiga ustuvor ahamiyat qaratishi kerak, xususiy sektor islohotlar tashabbuskoriga aylanmogʻi lozim”

Toshkentda “Markaziy Osiyo, Moʻgʻuliston, Kavkaz va Afgʻoniston” (“KAMKA”) VI mintaqaviy forumi davom etyapti. Unda 20 dan ortiq davlatdan 80dan ziyod ekspertlar va 160 ta yetakchi kompaniya ishtirok etmoqda. Tadbir formati fikr va tajriba almashish, mintaqada roʻy berayotgan jarayonlar haqida yaxshi...

14:56 14 Iyun 2019
Sogʻliqni saqlash vaziri: “Donorlikda tibbiyot xodimlari ham faol va tashabbuskor boʻlishi lozim”

Har kuni dunyo boʻyicha minglab insonlar donor qoniga ehtiyoj sezadi. Donorlik — odamlarga yaxshilik qilishning eng oddiy koʻrinishi boʻlib, ushbu begʻaraz, koʻngilli yordam qonga ehtiyoji bor insonlar uchun haqiqiy koʻmakdir.

14:34 14 Iyun 2019
Shavkat Mirziyoyev SHHT doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining keng doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan birga kuzatuvchi maqomidagi davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

14:20 14 Iyun 2019
SHHTning Bishkek sammiti boshlandi

Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi navbatdagi majlisining asosiy tadbirlari boshlandi.

14:11 14 Iyun 2019
Qoʻqonda 96 gradusli spirt mahsuloti noqonuniy savdosi aniqlandi

Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Qoʻqon shahrida ham davom ettirildi. Kelib tushgan murojaat asosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Koʻrpabof koʻchasida yashovchi 28 yoshli H.A. xonadoni koʻzdan kechirilganda, u yerda spirt mahsuloti noqonuniy savdosi yoʻlga qoʻyilganligi aniqlandi.

12:01 14 Iyun 2019
Anesteziolog va reanimatologlar rossiyalik hamkasblari bilan tajriba almashdi

Poytaxtimizda Oʻzbekiston anesteziolog-reanimatologlarining navbatdagi xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

11:57 14 Iyun 2019
Deputat jamoatchilik muhokamasiga rus tilida qoʻyilayotgan qonun loyihalari haqida: “Ayrim sohalardagi muammolarga vaqt topmayapmiz“

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

11:53 14 Iyun 2019
Deputat propiska haqida: “Bu masala shunday qolmaydi, oʻzgarish boʻladi. Uzoq kutmaysizlar“

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

11:20 14 Iyun 2019
Sogʻliqni saqlash vazirligi yangi ogʻu deya muhokama qilingan tropikamid preparati haqida maʼlumot berdi

Turli ijtimoiy tarmoqlarda Tropikamid dori vositasini Tramadol, Lirika oʻrniga kelgan yangi bir ogʻu sifatida talqin etilayotgani haqida chiqishlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻrganib chiqilib qoʻyidagilar maʼlum qilinadi, deya xabar bermoqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

10:56 14 Iyun 2019
Qashqadaryodan xorijga qariyb 150 tonna qovun eksport qilindi

Viloyatning Koson, Chiroqchi va Qamashi tumanlarida yetishtirilgan tilimi tilni yoradigan xushtaʼm qovunlari Rossiyaga eksport qilina boshlandi. Eksportchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar va ishbilarmon tadbirkorlarning gʻayrat shijoati samarasida serquyosh Oʻzbekiston mevalari, poliz va sabzavot mahsulotlari dunyoning uzoq nuqtalarigacha yetib bormoqda.

10:07 14 Iyun 2019
“Bu bogʻlar bir bogʻlar boʻladi hali...”

Har yili bahorning ilk kunlarida boʻlib oʻtadigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining taqdirlash marosimini butun xalqimiz, ayniqsa, qizlarimiz katta hayajon bilan kutadilar, kuzatadilar. Gʻolib deb topilganlar aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari uchun mukofotga sazovor boʻladi.

09:54 14 Iyun 2019
SSV Nishondagi shov-shuvli voqea boʻyicha bayonot berdi: ishga sovuqqonlik bilan yondashgan masʼul xodimlar vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nishon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruqqa tayyorlash boʻlimida ahvol achinarli ekani, ayollar va bolalar shifoxona yoʻlaklarida yotib davolanayotgani aks etgan material va surat tarqaldi.

09:42 14 Iyun 2019
SHHTning Bishkek sammiti ishtirokchilari uchun konsert boʻlib oʻtdi

Qirgʻiziston milliy filarmoniyasida, anʼanaga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi.

09:23 14 Iyun 2019
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Rozmeri DiKarloni qabul qildi.

19:21 13 Iyun 2019
Xorijdan har birining bahosi 2 ming yevroga teng boʻlgan naslli qoramollar olib kelinadi

Bu yil xorijdan 48 ming bosh naslli qoramol olib kelinishi koʻzda tutilgan.

19:18 13 Iyun 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер