All

Samarqand shahrida tunnel qurilishi boshlandi (foto)

Kecha - 7-sentyabr kuni Samarqand shahrining Roʻdakiy va Boʻstonsaroy koʻchalari kesishmasida tunnel qurilishiga start berildi. Mazkur tunnel “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Koʻprikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshiriladi.

14:26 09 Sentyabr 2019
Qashqadaryo viloyat hokimi “Rossiyskaya gazeta” orqali rossiyalik ishbilarmonlarni hamkorlikka chaqirdi

Joriy yilda Qashqadaryoda xorijiy hamkorlar ishtirokida umumiy qiymati 62,5 million dollarga teng 19 ta yirik qoʻshma investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tuman va shahar hokimliklari vakillari yana 95 ta mustaqil investitsiya loyhasini hayotga tatbiq etish ustida ish olib...

14:20 09 Sentyabr 2019
Oʻzbekistonda ikki hafta ichida qancha gaz oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi

Energetika vazirligi maʼlumotiga koʻra, koʻplab ogohlantirishlarga va belgilangan tartibda choralar koʻrilganiga qaramay, yakka tartibdagi biznes vakillari, shuningdek Respublika aholisi tarafdan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmasligi davom etmoqda. Jamoatchilik nazorati va fuqarolarning gazdan foydalanishda befarqligi qonunbuzarlarning jazosiz qolishiga va ularning...

14:18 09 Sentyabr 2019
“Issiq non” badiiy filmi “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida gran-prini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik kinorejissyor Umid Xamdamovning “Issiq non” badiiy filmi Rossiyaning Anapa shahrida boʻlib oʻtgan “KINOSHOK” xalqaro kinofestivalida gran-prini qoʻlga kiritdi.

14:15 09 Sentyabr 2019
Qarshida oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ochildi

Qarshi shahrida yangidan barpo etilgan oliy harbiy taʼlim muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining ochilishi hamda kursantlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

14:14 09 Sentyabr 2019
Rossiya fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari yurtimizdagi Rossiya OTMlari filiallari bilan tanishmoqda

Oʻzbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasini fan va taʼlim boʻyicha tarkibiy komisciyasining hamraisi Marina Borovskaya Oʻzbekistonga keldi.

14:13 09 Sentyabr 2019
Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

Hukumatning 2019-yil 6-sentyabrdagi qarori bilan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

14:11 09 Sentyabr 2019
Dunyodagi eng katta soʻzana - Qoʻqonda

Boysunlik Nilufar Joʻrayeva Xalqaro hunarmandchilik festivaliga uzunligi 21 metr, boʻyi 5,5 metr uzunlikdagi naqshinkor milliy soʻzana bilan ishtirok etmoqda.

14:09 09 Sentyabr 2019
Qoʻqonga mehmonlar “oqib” kelmoqda

Ayni kunlarda Qoʻqon shahriga viloyatlarimizdagi mehmonlar bilan birgalikda butun dunyodan yuzlab xorijliklar “oqib” kelmoqda.

14:06 09 Sentyabr 2019
Paradzyudochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatini yuqori notada yakunlashdi 

Qozogʻistonning Atirau shahrida paradzyudo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kun bahslarida jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

13:59 09 Sentyabr 2019
Qozogʻistonda uch nafar oʻzbekistonlik YTH oqibatida hayotdan koʻz yumdi

Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra 2019-yil 8-sentabr Qozogʻistonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Unda 4 odam jabrlandi. 2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA...

13:57 09 Sentyabr 2019
“Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtmoqda

Ayni paytda Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qabulxonasi koʻmagida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtmoqda.

13:54 09 Sentyabr 2019
Oqdaryo tumanida uch nafar xodim ish joyida pichoqlab ketilgani yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 6-sentyabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimiga nomaʼlum shaxs kelib uch nafar xodimni kuppa-kunduz kuni ishlab turgan joyida pichoqlagan, degan xabar tarqaldi. Ushbu holat boʻyicha Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi quyidagicha maʼlumot berdi:

13:53 09 Sentyabr 2019
Savdo va xizmat koʻrsatishda virtual kassalar joriy etiladi

Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi.

13:47 09 Sentyabr 2019
Sirdaryo viloyatida paxta terimini tashkil etish boʻyicha yangi tizim yaratilmoqda

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muxitdinov ishtirokida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi dala markazida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

13:43 09 Sentyabr 2019
Toshkentda agrar sohaga oid Oʻzbekiston-Xitoy konferensiyasi boʻlib oʻtadi

2019-yil 9-12-sentyabr kunlari Xalq vakillari umumxitoy majlisi Qishloq xoʻjaligi va qishloqlarda ishlash boʻyicha qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Li Chunshen boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasida tashrif bilan boʻlib turadi.

13:39 09 Sentyabr 2019
2020-yil 1-yanvardan dorixonalarda videokameralar oʻrnatiladi

Inson salomatligini muhofazalashda zamonaviy tibbiy yordam bilan bir qatorda, aholi va tibbiyot muassasalarini sifatli dori-darmon bilan taʼminlash muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda oʻn ikki yarim mingga yaqin dorixonalar aholiga bu yoʻnalishda xizmat koʻrsatmoqda. Ushbu dorixonalarning qariyb yigirma foizi ijtimoiy...

13:38 09 Sentyabr 2019
SSV: shifoxonalarda elektron retsept berish tizimi joriy etiladi

Prezidentimizning shu yil 6-sentyabrda “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda 2021-yil 1-martdan Elektron retsept berish tizimi mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarida tashkil...

13:36 09 Sentyabr 2019
Dollar kursi koʻtarildi

Markaziy bank xabariga koʻra, 10-sentyabrdan avgustdan Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 9395,63 soʻmni tashkil etadi. Bu oʻtgan haftadagi qiymatdan 11,06 soʻm qimmatdir.

13:33 09 Sentyabr 2019
Aliment nizosi yuzasidan qotillik sodir etildi

Bosh prokuratura xabariga koʻra, 08.09.2019-yil soat 01:00 larda fuqaro T.E (1979-y.t.) Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani “Istiqbol” mahallasida yashovchi sobiq turmush oʻrtogʻi T.P (1981-y.t.) bilan aliment pullari nizosi boʻyicha oʻzaro janjallashib, qoʻllari bilan bugʻib, sobiq turmush oʻrtogʻini qasddan oʻldirgan.

13:31 09 Sentyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер