All

Andijondagi Xonobod shahri va Qoʻrgʻontepa tumani chegaralari nega oʻzgaradi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019-yil 30-sentyabrda oʻtkazilgan navbatdagi majlisida qator muhim masalalar muhokama etildi. Xususan, deputatlar “Andijon viloyatining Xonobod shahri va Qoʻrgʻontepa tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini har tomonlama koʻrib chiqdilar.

21:09 03 Oktyabr 2019
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi: unda qanday yangiliklar aks ettirilmoqda?

Sarhisob har qanday sohaning rivojlanishini taʼminlab beruvchi omil ekani barchaga ayon. Oʻziga xos bu tahlil, qilingan ishlarning natijasi, shu bilan bir paytda kamchiligini oynadek namoyon qiladi.

21:08 03 Oktyabr 2019
XTV EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlarini joriy etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu oʻquvchilarga qanday foyda beradi?

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimda xalqaro baholash dasturlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

21:00 03 Oktyabr 2019
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

​​​​​​​2019 yil 4-oktyabr kuni soat 14.30 da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoning joriy yil 1-3-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani...

20:51 03 Oktyabr 2019
Rossiya delegatsiyasi Buxoroga tashrif buyurdi

Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 3-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamrohligida Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

20:44 03 Oktyabr 2019
Ruxsatnomasiz “tonirovka” uchun jarima miqdoriga oʻzgartirish kiritish taklif etilmoqda. Taniqli huquqshunos bu haqda qanday fikr bildirdi?

Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 126-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida” qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

20:41 03 Oktyabr 2019
Xitoylik yigit pul yigʻish maqsadida soxta toʻy qildi

Xitoyning Guychjou viloyatida istiqomat qiluvchi erkak pul koʻrinishidagi sovgʻalar olish uchun soxta toʻy oʻtkazdi. Bu haqda RIA Novosti AsiaOne nashriga asosan xabar qildi.

20:37 03 Oktyabr 2019
Oʻzbekistonda floraning yangi noyob turlari topildi

Oʻsimlik olami(floristik)ni tadqiq etish biologik xilma-xillikni oʻrganish va saqlashning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ushbu muammoning yechimi atrof-muhitga antropogen taʼsir kuchayib borishi munosabati bilan oʻsimliklarning hozirgi holati toʻgʻrisida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni olish zarurati bilan asoslanadi.

20:36 03 Oktyabr 2019
“Porloq” va “Ravnaq” gʻoʻza navlari oʻzida noyob xususiyatlarni jamlagan

Paxta tolasi dunyo toʻqimachilik sanoati uchun tabiiy tolaning eng ulkan va qayta tiklanuvchi manbai hisoblanadi.

19:48 03 Oktyabr 2019
Oʻzbekistondagi etnoqishloqqa sayohat tashkil etildi(fotoreportaj)

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillari uchun infotur tashkil etildi.

16:44 03 Oktyabr 2019
Maʼlumotnoma uchun paxta terimiga chiqish shartini qoʻygan mahalla raisi qariyb 7 mln. soʻm jarima toʻladi

Paxta terimi davrida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik va terimchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramay, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, huquq himoyachilari bergan maʼlumotlarda mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bogʻliq holatlar uchrab turibdi.

16:25 03 Oktyabr 2019
DXA Cirdaryo tumani markazining yangi binosida hatto bolalar uchun oʻyin maydonchasi ham bor

Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

16:18 03 Oktyabr 2019
Bokschi Dilshodbek Roʻzmetov “Spark” avtomobili bilan mukofotlandi

2019-yilning 7-21-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida xorazmlik charm qoʻlqop ustasi Dilshodbek Roʻzmetov kumush medal sohibi boʻlgan edi. Prezidentimiz Farmoniga binoan Dilshodbek “Kelajak bunyodkori” medali, shuningdek pul mukofoti va “Gentra” avtomobili bilan mukofotlandi.

16:15 03 Oktyabr 2019
Putin Tramp bilan boʻlgan munosabatlari haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan hech qachon yaqin munosabatlari boʻlmaganini maʼlum qildi.

14:47 03 Oktyabr 2019
Davlat ahamiyatiga ega yoʻllar bosqichma-bosqich sement-beton qoplamaga oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.

14:45 03 Oktyabr 2019
Deputat: “Hukumat aʼzolarining shaxsiy masʼuliyati kuchaytirilmoqda“

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kuni kecha boʻlib oʻtgan majlisida mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotiga daxldor muhim qonun loyihalari koʻrib chiqildi. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham shular jumlasidan boʻlib, hujjat mamlakatimiz Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi farmoni ijrosi yuzasidan...

14:44 03 Oktyabr 2019
Bekzod ARTIKOV: “Nega masʼullar Davlat dasturidagi vazifani bajarmayapti?“

Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida hokimiyat vakillik organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga qaratilgan “Elektron parlament” tizimi loyihalarini amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlib, ushbu tadbirni bajarish muddati...

14:43 03 Oktyabr 2019
Gʻalla xarid narxlari oʻzgaradimi? Quyi palatada Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi murojaatnomasi har taraflama oʻrganiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Spiker boshchiligida siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari, qoʻmitalar raislari va deputatlar ishtirokida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi murojaatnomasi yuzasidan quyi palatada yigʻilish oʻtkazildi.

14:26 03 Oktyabr 2019
21 yoshga toʻlgan fuqaro saylov komissiyalarining aʼzosi boʻlishi mumkin. Faqat...

Bunga “Huquqiy axborot” kanali shunday izoh berdi: “21 yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylov sohasida ish tajribasiga va aholi oʻrtasida hurmatga ega fuqarolar viloyat, tuman va shahar hamda okrug va uchastka saylov komissiyalarining aʼzosi boʻlishi mumkin.

14:21 03 Oktyabr 2019
Noyabrdan Oʻzbekistonda “Jaloliddin Xorazmshoh” filmini suratga olish boshlanadi

“Dirilish Ertugʻrul” serialining prodyusseri Mehmet Boʻzdogʻ “Jaloliddin Xorazmshoh“ filmini kelgusi oyda suratga olishni boshlaydi.

14:12 03 Oktyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер