All

Nurota tumanida yangi investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

Nurota tumanidagi “Chuya” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “FHH Garden Flower” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 7 million AQSH dollariga teng boʻlgan (shundan 5 million dollari kredit mablagʻlari) ozuqa ekinlarini yetishtirish, chorvachilik va parrandachilik kompleksi tashkil etish loyihasini amalga oshirish...

16:41 21 Oktyabr 2025
Oʻzbek tili bayrami Samarqandda ham keng nishonlandi

Samarqandda har yili Oʻzbek tili bayrami shahardagi markaziy istirohat bogʻida hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish bilan boshlanadi.

16:39 21 Oktyabr 2025
Kun davomida energiyani saqlash uchun beshta muhim mahsulot nomi maʼlum qilindi

Xoʻsh, ichimliklar ichida eng afzali qaysi?

16:14 21 Oktyabr 2025
Dollar kursi ketma-ket to'rtinchi kun pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 22-oktyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

16:08 21 Oktyabr 2025
AQSH va Oʻzbekiston hamkorligidagi hayot sovgʻa etuvchi bebaho loyiha

Yurak kasalliklari bilan kurashda har bir muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti faqat tibbiy natijaga emas, balki bir oila uchun baxt, millat uchun esa sogʻlom avlod kelajagining timsolidir. Shu kunlarda Namangan viloyatida oʻtayotgan tibbiy loyiha ham ana shunday ezgu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir....

16:02 21 Oktyabr 2025
Biz 2030-yilga borib, sunʼiy intellekt boʻyicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz — Shavkat Mirziyoyev

“Shu bois, ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, «Sunʼiy intellekt alyansi”ni tashkil qilamiz», – deya taʼkidladi davlat rahbari.

15:03 21 Oktyabr 2025
Keyingi oʻquv yiliga qadar 10 ta oliy taʼlim muassasasi zamonaviy laboratoriya bilan jihozlanadi

Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sunʼiy intellekt laboratoriyasi yoʻqligiga eʼtibor qaratdi.

14:58 21 Oktyabr 2025
Keyingi oʻquv yilidan “Informatika” fani oʻquv dasturlariga sunʼiy intellektga oid mavzular kiritiladi

Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

14:52 21 Oktyabr 2025
Sunʼiy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, oʻzbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur – Shavkat Mirziyoyev

Prezident butun Oʻzbekiston xalqini oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy tabrikladi.

14:44 21 Oktyabr 2025
Bundan buyon vazirlik va idoralar maʼlumotlarni oʻz serverlarida saqlashiga yoʻl qoʻyilmaydi — Shavkat Mirziyoyev

Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari oʻrtasida inson omilisiz maʼlumotlarning almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

14:33 21 Oktyabr 2025
Sunʼiy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan koʻp sarmoya kiritgan investorlarga qator imtiyozlar beriladi

“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda sunʼiy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab boʻlmaydi”, – dedi Prezident.

14:24 21 Oktyabr 2025
Prezident sunʼiy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh boʻlish uchun 3 ta eng asosiy masalaga eʼtibor qaratdi

Sogʻliqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, togʻ-kon va qishloq xoʻjaligi sohalarida sunʼiy intellekt boʻyicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

14:14 21 Oktyabr 2025
Xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sunʼiy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

14:03 21 Oktyabr 2025
Surxondaryoda Oʻzbek tili bayrami keng nishonlandi

Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan maydonda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bayram dasturi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi bilan boshlandi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, taʼlim muassasalari oʻqituvchi...

13:56 21 Oktyabr 2025
Murojaatlarni sunʼiy intellekt asosida tahlil qilib, yechim berish hisobidan yiliga 16 milliard soʻm tejalmoqda

Vazirlik va idoralar rahbarlariga sohaning ichiga kirib, sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

13:56 21 Oktyabr 2025
Erkin iqtisodiy zonada neft-kimyo klasteri barpo etilmoqda

“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar soni yana bittaga koʻpaymoqda. Mazkur iqtisodiy zona uchun Toʻdakoʻl massividan ajratilgan hududda Oʻzbekiston va Eron davlatlari hamkorligida “Petrochem sepehr” qoʻshma korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti.

13:53 21 Oktyabr 2025
Oʻzbek tilining boyligi, serjiloligi, qadimiyligi tarannum etildi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda oʻzbek tilining boyligi, serjiloligi, tarixan juda qadimiyligi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari va badiiy-musiqiy chiqishlarda tarannum etildi.

13:50 21 Oktyabr 2025
Xorijiy ekspertlar Oʻzbekistonning sunʼiy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 10 milliard dollarga baholamoqda

2030-yilda sunʼiy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi.

13:42 21 Oktyabr 2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер