All

Xitoyga mosh eksport qiluvchi oʻzbek korxonalari soni 65 taga yetdi

Soʻnggi ikki yilda amalga oshirilgan saʼy-harakatlar natijasida oʻzbek mosh eksportining hajmi uch baravarga koʻpayib, 2019-yildagi 28 ming tonnadan 2020-yilda 75 ming tonnagacha oshirildi. Shu bilan birga, Xitoy import qiladigan ushbu mahsulot umumiy hajmida Oʻzbekistonning ulushi 26 foizdan 36,5 foizga oshdi.

15:21 16 Oktyabr 2021
Bu yil 880 ming 155 nafar yosh ilk marotaba saylov huquqidan foydalanadi

Joriy yilda Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga kiritilgan 21 million 249 ming 921 nafar saylovchidan 6 million 993 ming 924 nafari oʻttiz yoshgacha boʻlgan yoshlardir.

14:52 16 Oktyabr 2021
Suv polosi boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 13-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu eng yaxshi natija

Shu paytgacha vaterpolchilarimiz Jahon chempionatlari tarixida 13-oʻrinni egallashmagan edi.

12:02 16 Oktyabr 2021
ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini koʻrsatish talab etilmaydi

Haydovchining yoʻl-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlari yonida boʻlmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

11:46 16 Oktyabr 2021
Elektron gaz hisoblash uskunasi hali oʻrnatilmagan 1,5 mln isteʼmolchilar sarflangan gaz uchun toʻlov qilmagan

“Hududgaztaʼminot” AJ aholini sovuq tushishidan oldin qarzlarini toʻlashga chaqirib, aks holda, gaz taʼminotidan avtomatik uzib qoʻyilishidan ogohlantirdi.

11:36 16 Oktyabr 2021
“Qarshi — Samarqand — Qarshi” yoʻnalishida zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

“Samarqand” xalqaro aeroportining vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan hamda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2021-yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar “Qarshi — Samarqand — Qarshi” yoʻnalishida 772/771-sonli zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

11:31 16 Oktyabr 2021
Toshkentda narkotik savdosi bilan shugʻullanganlar qoʻlga olindi

Ular ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

11:16 16 Oktyabr 2021
Oʻzbekiston Qandahordagi masjidda sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi — TIV

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistonning Qandahor viloyatidagi masjidlardan birida sodir etilgan navbatdagi terrorchilik harakati boʻyicha bayonot berdi.

11:13 16 Oktyabr 2021
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida qancha bola tugʻilganligi maʼlum boʻldi

Hozirgi kunda markazda 1350 dan ortiq bemor davolanmoqda.

10:58 16 Oktyabr 2021
Yurtimizda 5,6 milliondan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi toʻliq emlandi

Joriy yil 15-oktabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 229 111 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi.

10:55 16 Oktyabr 2021
Pnevmoniya: kasallanganlar — 15 kishi, sogʻayganlar — 5

2021-yil 15-oktabr kuni 15 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27535 nafarga yetdi.

10:39 16 Oktyabr 2021
Kecha 404 nafar kishida koronavirus aniqlandi

Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan va kasallikdan toʻliq sogʻaygan bemorlar soni 400 nafardan oshdi.

10:22 16 Oktyabr 2021
Yevropada yangi mashinalarning sotuvi keskin kamaydi

ACEA deb nomlanuvchi Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan oyda yangi mashinalarga boʻlgan talab 718 598 donaga tushib ketgan.

23:14 15 Oktyabr 2021
Namangan futbol maktabi Italiyaning “Roma” klubi hamkorlik qiladi

Shuningdek, Namangan va Rim klubining yoshlar jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

23:07 15 Oktyabr 2021
Oʻzbekistonda 16-oktabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

“Oʻzgidromet” xizmati 16-oktabr, shanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

22:59 15 Oktyabr 2021
Polsha chegaradagi inqirozda Belarusni aybladi

Varshavaning daʼvo qilishicha, Belarus hukumati va kompaniyalari Yaqin Sharqdan Yevropaga noqonuniy muhojirlarni tashishdan oʻn millionlab yevro daromad olgan.

22:50 15 Oktyabr 2021
Putin “Tolibon”ni tan olishga shoshilmaslikka chaqirmoqda

Putin, shuningdek, afgʻonlararo yarashuv jarayonini qoʻllab-quvvatlash va bu mamlakatdagi vaziyatni normallashtirishga intilish zarur deb hisoblaydi.

21:28 15 Oktyabr 2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti MDH doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish tashabbusini ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida oʻtgan yubiley majlisida ishtirok etdi.

20:31 15 Oktyabr 2021
“Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi

BMT Bosh assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan va ushbu sana 2019-yildan buyon mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.

20:08 15 Oktyabr 2021
Oʻzbekiston-Avstraliya seminari oʻtkazildi

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Avstraliyaning “FORTESCUE FUTURE INDUSTRIES” kompaniyasi vakillari va mutaxassislari qatnashdi.

20:03 15 Oktyabr 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер