All

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakillari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda

Konferensiya kun tartibiga muvofiq tadbir davomida raqobat siyosatidan tortib isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarigacha boʻlgan asosiy masalalar va monopoliyaga qarshi kurashish hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida fikr va tajriba almashish, shuningdek vakolatli organlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish maqsad qilingan.

16:28 16 Noyabr 2022
Аxsi muzeyida 1300 dan ortiq noyob eksponat Milliy mulk sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi

Аxsi osori-atiqalar muzeyining roʻyxatga olingan eksponatlari ichida 2000 yillik suvdon, 1000 yillik shamshir va qilich, 1200 yillik muhr ham bor.

16:18 16 Noyabr 2022
Andijon tumanida pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

16:13 16 Noyabr 2022
Samarqandda «Inson huquqlari sohasida ta’lim» mavzusiga bag‘ishlangan Global forum bo‘lib o‘tadi

Global forumda milliy va xorijiy ekspertlar, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, taʼlim muassasalari, akademik jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etishi nazarda tutilmoqda.

16:03 16 Noyabr 2022
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqi

Birinchi navbatda, bildirgan qimmatli gʻoya va takliflaringiz uchun barchangizga oʻzimning chuqur tashakkurimni izhor qilmoqchiman.

15:59 16 Noyabr 2022
“Ona tili taʼlimida oʻqitish va baholash muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi

Respublika ilmiy-amaliy anjumanida 100 dan ziyod olimlar, ilmiy izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistr hamda bakalavr talabalari, maktab oʻqituvchilari ishtirok etdi. 

15:56 16 Noyabr 2022
Oʻzbekiston ilm-fanining jahon ilmiy makoniga integratsiyalashuvi boʻyicha forum oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Springer Nature kompaniyasi tomonidan “Oʻzbekiston ilm-fanining jahon ilmiy makoniga integratsiyalashuvi uchun Springer Nature kompaniyasining axborot resurslari” boʻyicha forum oʻtkazildi.

15:52 16 Noyabr 2022
Kecha jahon boʻyicha 373 mingga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Eng yuqori kunlik holatlar Janubiy Koreya, Fransiya va Germaniya mamlakatlarda roʻyxatga olindi.

15:44 16 Noyabr 2022
Bogʻchalarda bolalar yosh toifasiga qarab 5 ta guruhga boʻlinadi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarkibiy birligi guruhlar hisoblanadi.

15:41 16 Noyabr 2022
AQSH sayohatchilar mamlakatga kirishlari uchun qoidalarni oʻzgartirdi

Joriy yilning 8-noyabridan boshlab AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (Centers for Disease Control and Prevention, CDC) va Transport xavfsizligi boshqarmasi (Transportation Security Administration, TSA) Buyrugʻiga binoan Amerika Qoʻshma Shtatlariga kelayotgan 2 yoshdan yuqori boʻlgan barcha yoʻlovchilar COVID-19 ga...

15:36 16 Noyabr 2022
Kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablagʻlarining talon-toroj qilinishi boʻyicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan oʻz vaqtida qonuniy choralar koʻrilmoqda.

15:30 16 Noyabr 2022
Ichimlik suvidan qarzdorlikni yopib berishni vaʼda qilgan nazoratchi-inspektor ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

15:14 16 Noyabr 2022
Oʻzbekistonda virusli gepatitni bartaraf etish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro mutaxassislar ishtirokida “Oʻzbekistonda kuzgi gepatologiya maktabi” nomli ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.

14:58 16 Noyabr 2022
Germaniyaning Xaydelberg shahrida IT Park vakolatxonasi ochildi

Mazkur tadbirda 20 ga yaqin Germaniyaning IT loyiha va yechimlarni buyurtmachilari sifatidagi kompaniyalar rahabarlari ham qatnashdi.

14:56 16 Noyabr 2022
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd. AQSH dollariga yetdi

Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7,3 mlrd. AQSH dollariga yoki 22,2 % ga oshgan.

14:47 16 Noyabr 2022
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati oʻrtasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha memorandum imzolandi

Ushbu imzolangan memorandumga koʻra, fuqarolar Koreya Respublikasiga erkin yollash tizimi asosida koreys tili boʻyicha UBT-EPS-TOPIK test imtihoni orqali muvaffaqiyatli oʻtish asnosida tashkiliy tarzda Koreya Respublikasiga ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish sohalarida 4 yilu 10 oy muddatga shartnoma asosida vaqtinchalik mehnat...

14:42 16 Noyabr 2022
Tadbirkorlarga bank hisob varagʻini masofadan turib ochishga imkoniyat yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.11.2022-yildagi PQ-419-son qarori Tadbirkorlarga bank hisob varagʻini masofadan turib ochishga imkoniyat yaratiladi.

14:37 16 Noyabr 2022
Turktav fondidan 20 mingdan ortiq elektron kitoblar qabul qilib olindi

Islom sivilizatsiyasi markazi doimiy ravishda xorijiy turdosh ilmiy-taʼlim markazlari, tadqiqot institutlari bilan islom dini va madaniyatini tadqiq etish yoʻnalishida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratib keladi.

14:35 16 Noyabr 2022
Jahon sportida nima gap?

Avstraliyaning Brisben shahridagi xalqaro aeroportda 2032-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari mehmonlari uchun yangi terminal qurilishi boshlandi. Loyiha qiymati 3.5 million AQSH dollarini tashkil qiladi.

14:25 16 Noyabr 2022
Para oʻq otish: Merganlarimiz jahon chempionatidan qaytib kelishdi

Joriy yilning 3-15-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para oʻq otish boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

14:17 16 Noyabr 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер