“CAFA Womenʼs Championship 2018”: Oʻzbekiston - Afgʻoniston 20:0!
Toshkentda ayollar jamoalari oʻrtasida “CAFA Womenʼs Championship 2018” musobaqasi boshlandi.
Birinchi uchrashuvda Tojikiston Qirgʻizistonga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda gʻalaba qozondi. Yagona golga Madina Fozilova mualliflik qildi.
Ikkinchi uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi Afgʻonistonni 20:0 hisobida magʻlub etdi.
Tojikiston – Qirgʻiziston 1:0
Gol: Madina Fazilova
Oʻzbekiston – Afgʻoniston 20:0
Gollar: Karachik Lyudmila (4, 19, 22), Kudratova Nilufar (5,15, 68,75), Turdiboyeva Feruza (31), Xabibullayeva Diyora (36, 47, 49), Malika Burxonova (37), Safina Rushaniya (39), Shoyimova Maftuna (49), Zoirova Umida (51), Dildora Nozimova (59, 76, 82, 88), Maftuna Jonimkulova (64 penalti).
25 noyabr kuni musobaqaning ikkinchi turida Afgʻoniston Eron bilan, Oʻzbekiston esa Tojikiston bilan kurash olib boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring