Byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflashda Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda
Avvalroq, Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-chorakda byudjet mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari toʻgʻrisida maʼlumot bergan edik.
Hisobot davrida hokimiyatlar (3,4 mlrd.soʻm), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (2,9 mlrd.soʻm), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (34,2 mlrd.soʻm)da oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Mahalliy byudjetlar mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd.soʻm miqdorida, jumladan Sirdaryo (40,2 mlrd.soʻm), Jizzax (23 mlrd.soʻm), Andijon (19,8 mlrd.soʻm), Toshkent (12,1 mlrd.soʻm), Qashqadaryo (11,4 mlrd.soʻm), Surxondaryo (8,9 mlrd.soʻm), Fargʻona (8,1 mlrd.soʻm), Samarqand (7,9 mlrd.soʻm), Xorazm (6,4 mlrd.soʻm), Buxoro (6 mlrd.soʻm), Namangan (5,2 mlrd.soʻm), Navoiy (1,4 mlrd.soʻm) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd.soʻm) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (21,9 mlrd.soʻm) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring