Buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida oʻzbek tilida bitilgan eng eski qoʻlyozma aniqlandi
Kitobning xotimasida qoʻlyozma hijriy 1027-yil rajab oyi sanasi qayd etilgan. Bu 1618-yilning iyun-iyul oylariga toʻgʻri keladi. Hozircha qoʻlyozma kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qayerda koʻchirilgani maʼlum emas.
Dushanbedan topilgan bu noyob qoʻlyozmaning nusxasini Oʻzbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring