Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi. U qanchalik xavfli?

22:38 11 Mart 2021 Dunyo
1085 0

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda mahalliy jamoat salomatligi saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.

Muassasaning aniqlik kiritishicha, yangi mutatsiya Angliyaning janubi-sharqida Antiguadan yaqinda kelgan fuqarolarda aniqlangan. VUI-202103/01 nomlangan ushbu shtamm bilan hozircha ikki kishining zararlangani maʼlum boʻldi.

Mutaxassislar ular bilan aloqada boʻlgan odamlarni tekshirib chiqqan va yangi shtamm bilan boshqa zararlanish holatini qayd etilmagan.

Oʻtgan yilning dekabr oyi boshida Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi stammi aniqlangan edi. Buyuk Britaniyaning Sogʻliqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turi qayd etilganini, u tezroq tarqalayotganini, virus odamdan odamga yuqishi osonligini maʼlum qilgan edi.

Ayni paytga kelib, ushbu shtamm 111 davlatda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham aniqlangan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер