Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirganlar soni yana keskin osha boshladi

23:04 07 Sentyabr 2020 Jamiyat
1065 0

Yakshanba kuni Britaniyada 2988 kishi koronavirusga chalindi. Bu kunlik kasallanish holatlari boʻyicha may oyidan beri qayd etilgan rekord koʻrsatkich hisoblanadi.

Hozirda Britaniyada ham boshqa Yevropa mamlakatlari kabi koronavirusga chalinish hollari koʻpaymoqda. Bunga karantin choralari yumshatilib, jamiyatdagi odamlarning oʻzaro muloqotlari oshgani sabab boʻlmoqda.

Shuningdek, kasallanganlarning rasmiy soni oshishi tekshiruvlarning kengaygani bilan ham izohlanmoqda. Yaʼni koronavirusni yengil asoratlar bilan yoki hech qanday asoratsiz boshidan kechirayotganlar ham bemorlar safiga qoʻshilmoqda.

Lekin Britaniyada COVID-19 bemorlarini kasalxonaga qabul qilish va bu kasallikdan oʻlim holatlari koʻpaygani yoʻq. Yakshanba kuni 2 kishining mazkur kasallikdan vafot etgani maʼlum qilingan.

Hozirda Britaniya koronavirusdan qayd etilgan qurbonlarning umumiy soni boʻyicha Yevropada birinchi oʻrinda turibdi. Bu mamlakatda rasman 41 551 kishining koronavirus qurboniga aylangani qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер