Butunjahon turizm tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi
Samarqandda oʻtayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandga “Butunjahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish toʻgʻrisida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida bitim qabul qilindi.
Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim oʻzgarishi vaziri A.Abduhakimov va YUNVTO bosh kotibi Z.Pololikashvili tomonidan imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring