Burj Xalifa osmonoʻpar binosi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida gavdalanadi
Burj Xalifa osmonoʻpar binosi bugun Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida gavdalanadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonasi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati “Burj Xalifa”da Oʻzbekiston bayrogʻi 2020-yil 1-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45da 1 minut davomida namoyish etiladi.
Elatib oʻtamiz, mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi tashabbusi bilan mazkur tadbir 2019-yilda ham muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring