Buxorodagi bogʻchada 2 yoshli bola tok urishidan vafot etdi

10:07 20 Iyun 2025 Jamiyat
303 0

Illyustrativ foto

Buxoro viloyatidagi xususiy bogʻchada tarbiyachining eʼtiborsizligi tufayli 2 yoshli bola elektr toki urishidan vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-mart kuni Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor X.Oʻ.ga qarashli maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachining eʼtiborsizligi tufayli 2023-yilda tugʻilgan Sh.Sh. elektr toki urishi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 2-aprel kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ish yuzasidan oʻtkazilgan dastlabki tergovda mazkur nodavlat MTT tarbiyachisi M.D.ning vazifasiga yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kabi kasbiy majburiyatlar kirishi belgilangan boʻlsada, oʻz kasbiga nisbatan beparvo hamda oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmagani va oʻziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirgani aniqlangan.

Tergov natijasiga koʻra mazkur jinoyat ishi mazmunan koʻrishlik uchun 18-iyun kuni sud muhokamasiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер