Buxoroda yoshlar festivali oʻtkazildi

12:32 14 Iyun 2024 Jamiyat
246 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro shahrining Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydonida yoshlar festivali oʻtkazildi. “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirni viloyat hokimi B. Zaripov ochib, yurtimizda yoshlarni zamonaviy bilimlarni egallashlari, kasb-hunar oʻrganishlari, sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilayotganini taʼkidladi.

Darhaqiqat, joriy yilda buxorolik 350 nafardan ziyod bitiruvchi maktab partasidayoq xorij hamda mamlakatimizning nufuzli oliy oʻquv yurtlari talabasi boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Isteʼdodli oʻgʻil-qizlarning 7 nafari xalqaro, yana 7 nafari respublika fan olimpiadalari gʻoliblari qatoridan oʻrin olishdi.

Yoshlar bayramida turli sohalarda muvaffaqiyat qozonib, tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, ustozlari, ota-onalari ishonchini oqlayotgan qobiliyatli yoshlar taqdirlandi.

Taniqli estrada xonandalari tomonidan namoyish etilgan gala-konsert ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер