Buxoroda qariyb 300 mln soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan tadbirkor fosh qilindi
Buxoro shahrida 292 million soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, shaharning “Shayul Olam” MFY Qarshi darvoza koʻchasida joylashgan YTT “Z. M. J.”ga qarashli “O.” nomli sauna binosida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilgan.
Tekshiruv davomida isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 292 million 473 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan hamda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring