Buxoroda “Oʻzenergoinspeksiya” mansabdori 50 ming dollar pora bilan ushlandi
Joriy yilning 28-dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Oʻzenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. “I.G.A.S.” MCHJga qarashli AYOQSHda oʻtkazilgan tekshirish yakuni boʻyicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MCHJga qarashli AYOQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024-yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish eʼlon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSH dollari pora talab qilib, Buxoro shahar tugʻruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat boʻyicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring