Buxoroda mast erkak kabutari uchib ketgani uchun qoʻshnisining mashinasini yoqib yubordi

10:14 24 Iyul 2022 Jamiyat
926 0

Foto: Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati

Gʻijduvon tumanida yashovchi A.R. mahalladoshi, kabutar boquvchi fuqaro F.B. ga uyida kabutar saqlashga qiziqishi ortayotganini aytib, undan 13 dona kabutar keltirib berishini soʻragan. Koʻp oʻtmay olib kelingan kabutarlarning ikki donasi yoʻqolgan. A.R. esa qoʻshnisidan yoʻqolgan kabutarlarni topib berishini talab qilgan. Shunda qoʻshnisi kabutar uchib ketgan boʻlishi mumkinligini evaziga bir dona oʻzining kabutarini berishini va ikkinchi kabutar uchib qaytib kelmasa, keyinroq yana bir dona kabutar berishini tushuntirgan.

Biroq, jahli chiqqan A.R. oʻziga avvaldan tanish boʻlgan, uyida benzin sotuvchi A. ismli tanishining oldiga borib, u bilan spirtli ichimlik ichgan. Kechki payt uyiga qaytguncha tanishidan benzin olib, kabutar sotuvchi qoʻshnisi F.B.ning hovlisi oldida turgan “Lacetti”ga benzin sepib, yoqib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Dastlabki, tergov-surishtiruv ishlari davomida A.R.ning jabrlanuvchiga 86 mln 397 ming 465 soʻmlik moddiy zarar yetkazgani aniqlanib, tegishli tartibda jarima belgilangan.

Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi qoʻllanilib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер