Buxoroda konserva mahsulotidan zaharlangan ayol vafot etdi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 2 yillik pomidor konservasini isteʼmol qilgan ayol zaharlanib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati ushbu holat boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11-yanvar kuni Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga bir oiladan 4 nafar shaxs sogʻligidagi yomon oʻzgarishlar sabab murojaat qilib kelgan.
Viloyat SEOM tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga koʻra, ushbu fuqarolar botulizm kasalligiga chalingani aniqlangan. Shundan soʻng ularga viloyatning malakali mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda kerakli amaliy yordam koʻrsatilgan.
Davo muolajalaridan soʻng, oilaning 3 nafar aʼzosi sogʻligʻida ijobiy oʻzgarishlar yuz bergan va mutaxassislar tomonidan uylariga ketishiga ruxsat berilgan.
Biroq bemor I.Sh.da tuzlamadan koʻproq isteʼmol qilgani, kasallik alomatlari ogʻir kechishi oqibatida koʻrsatilgan reanimatsion chora-tadbirlarga qaramasdan biologik oʻlim holati qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring