Buxoroda yoʻlni toʻsib qoʻygan toʻy korteji ishtirokchilariga chora koʻrildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida toʻy korteji tashkil qilgan bir guruh yoshlar avtomobil yoʻlini toʻsib qoʻygani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, videoda aks etgan holat joriy yilning 11-may kuni Gʻijduvon tumanida sodir boʻlgan. Viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan holat boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan va qoidabuzar haydovchilarga chora koʻrilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu toʻy kortejida ishtirok etgan barcha transport vositalari topilgan va ular jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchilarga nisbatan maʼmuriy taʼsir choralari koʻrilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring