Buxoroda yirik giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi guruh qoʻlga olindi

04:00 16 Yanvar 2022 Jamiyat
1344 0

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, DXX hamda Bojxona boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Buxoro shahar Piridastgir koʻchasida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan I.S. ismli shaxs tanishiga 4 dona poliyetilen boʻlagiga alohida qadoqlangan holdagi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika boʻlimining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʻra sof vazni 3,73 grammga teng boʻlgan koʻp miqdordagi “gashish” giyohvandlik vositasini 6.000.000 (olti million) soʻmga baholab sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida gumon qilinuvchi I.S. xaridorga “Tropikamid” va “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini ham yetkazib berishi lozimligi va ushbu psixotrop moddalar Toshkent shahridan yetib kelishi kutilayotganligi maʼlum boʻlgan.

Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, Gʻijduvon tumani “Sarmijon” YPX maskanida “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanib kelgan Q.A. boshqaruvidagi oq rangli “Malibu” rusumli avtomashina toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashina salonidan jami 472 (toʻrt yuz yetmish ikki) dona “Tropikamid” yozuvli va har birida 14 donadan boʻlgan 119 (bir yuz oʻn toʻqqiz) pachkadagi, 1666 (bir ming olti yuz oltmish olti) dona “Regapen” yozuvli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

“Malibu” avtomashinasi haydovchisi Q.A. ushbu dori vositalarini Toshkent shahridan oʻziga notanish shaxsdan qabul qilib olib, Buxoro shahrida yashovchi I.S. ga yetkazib berishi lozimligi maʼlum boʻlgan.

Bundan tashqari tezkor tadbir davomida gumon qilinuvchi I.S.ning yonidan bir pachkada 14 dona “PERGE pregabolin” yozuvli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ham borligi aniqlanib, barcha ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchilar qamoqqa olingan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер