Buxoroda avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirogʻida oʻtib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgan video tarqalib, avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirogʻida yoʻldan oʻtib ketgan. Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ehtiyotsiz haydovchining qilmishiga izoh berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Buxoro viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan surishtiruv oʻtkazilib, haydovchining shaxsi aniqlangan. Yoʻl harakati qoidalarini buzish holati boʻyicha bayonnoma tuzilib, haydovchi bilan tushuntirish suhbati oʻtkazildi.
Shuningdek, boshqarma barcha haydovchilarni yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishni soʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring