Buxoroda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

15:29 14 Dekabr 2023 Jamiyat
344 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻijduvon tuman boʻlimi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Isuzu” rusumli avtotransport vositasida fuqaro У.В. va boshqalar 3 499 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro У.А. “Cobalt” rusumli avtotransport vositasida 1 378 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер