Buxoroda 4 tup daraxt qoʻporilishi natijasida tabiatga 50 milliondan ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi

17:01 04 Yanvar 2024 Jamiyat
625 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida yoʻl qurilish ishlari olib borilayotganligi, qurilish davomida manzarali daraxtlar qoʻporib tashlanganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganish davomida Gʻijduvon tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4 tup manzarali daraxt qoʻporib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan korxona direktori E. F.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Shuningdek, daraxtlar qoʻporilishi natijasida tabiatga 50 million 325 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Huquqbuzar qoʻshimcha jazo tariqasida kesilgan daraxtlar oʻrniga jami 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.

Tegishli hujjatlar huquqbuzarga chora koʻrish uchun sud organlariga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер