Buxoroda 4 nafar bosqinchi qoʻlga olindi

19:27 31 May 2023 Jamiyat
673 0

Shofirkon tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2023-yilning 28-may kuni soat 04:00 larda Shofirkon tumani “Denov” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan A.Sh. ismli shaxs mahalladoshlari 2001-yilda tugʻilgan S.S., 1993-yilda tugʻilgan O.I. hamda 1979-yilda tugʻilgan U.H. lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib shu mahallaning Denov qishlogʻida yashovchi 1983-yilda tugʻilgan X.O.ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda devordan oshib tushib kirib, xonadon ayvonida noqonuniy ravishda tarkibida tilla zarralari boʻlgan tuproqni yuvish bilan shugʻullanayotgan, ishchi boʻlib yollangan 2006-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan N.Sh. ga hujum qilib, uning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib, qasddan urib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra yengil shikast yetkazib, bahosi taxminan 10.000.000 soʻmlik yarim tayyor holatdagi tilla zarralarini qoʻlga kiritib, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIBga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan tezkor texnik hamda surishtiruv harakatlari davomida bosqinchilik qilgan jinoiy guruh aʼzolarining barchasi qoʻlga olinib, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер