Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro viloyati hokimligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Viloyat hokimligi xabar berishicha, Botir Ahmedov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
B.Ahmedov 1982 yil 12 iyunda Vobkent tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boshqarish.
Ayni vaqtga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihalar ofisi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Buxoro viloyatining bundan oldingi birinchi o‘rinbosari Jamshid Tursunov 2023 yil iyulida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring