Bugungi kunda ichimlik suvi inshootlarining ayrimlari talabga javob bermasligi aniqlangan
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Bugungi kunda ichimlik suvi inshootlarining ayrimlari talabga javob bermasligi aniqlangan.
Shu munosabat bilan suv sifati standartlarini toʻliq yangilab, ularni barcha suv inshootlarida joriy qilishi shartligi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga kamida 4 ta laboratoriyani jihozlab, ularda ichimlik suvi sifatini toʻliq tahlil qilishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Shu bilan birga, ichimlik suvi taʼminoti tizimida ichimlik suvi yoʻqotilayotgani, isteʼmolchilarning 30 foizida haligacha suv hisoblagichi oʻrnatilmagani, tizimda oʻgʻirliklar davom etayotgani tanqid qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring