Bugundan qishki oʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

12:26 20 Dekabr 2023 Jamiyat
924 0

Foto: Arxiv surat

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda oʻqishni koʻchirsa boʻladi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

— talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish istagidagilarga;

— davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha taqdim etiladi:

— oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);

— talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);

— pasport nusxasi;

— yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер