Bugun yurtimizda 257 nafar bemor koronavirusdan sogʻaydi

23:39 31 Oktyabr 2020 Jamiyat
733 0

Shu yilning 31-oktyabr kuni mamlakatimizda 227 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 566 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro Namangan, Fargʻona viloyatlarida 257 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 66 932 nafar bemordan 64 235 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 131 nafar bemordan 266 nafari ogʻir, 72 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер