Bugun Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz oʻchadi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining quyidagi hududlariga 2-fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Bunga taʼmirlash ishlari sabab boʻlmoqda.
Aholi isteʼmolchilari: “Yakkasaroy” MFY Sh.Rustaveli, Suqroq va KXAY koʻchalaridagi 340 ta xonadon.
S.Nasafiy 2-tor koʻchasidagi 12 ta xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 15 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring