Bugun Surxondaryoda dronlar shousi boʻlib oʻtadi
Surxondaryo viloyati hokimligi va Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” hamkorligida viloyatda ilk bor dron-shou tashkil etilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Tomosha davomida 250 ta dron yordamida turli shakllar aks ettiriladi. Hozirda “Geoinnovatsiya markazi”ning malakali mutaxassislari tomonidan tadbirga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Dron-shou bugun soat 20.00 da Termiz shahridagi “Bolajon” bogʻi hududidagi mobil sahnada oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring