Bugun Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisi ish boshlaydi
Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi ishini boshlaydi.
Yalpi majlisda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib boradi.
Senatorlar yalpi majlis doirasida mamlakatimiz taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichida belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan qator qonunlarni va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn rejimida kuzatib borishingiz mumkin:
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring