Bugun Respublikamizda qanday ob-havo kuzatiladi?

19:52 27 Yanvar 2025 Jamiyat
449 0

Oʻzbekiston hududida 28-yanvar kuni turli ob-havo sharoitlari kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda tuman tushishi va baʼzi yerlarda yogʻingarchilik kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Poytaxt Toshkentda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va tongda tuman tushishi mumkin. Shamol yoʻnalishi sharqdan gʻarbga oʻzgarib, 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi esa 6-8 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (qor) kuzatilishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib, 7-12 m/s tezlikda boʻladi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha oʻzgaradi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, kechga yaqin yomgʻir va qor koʻrinishida yogʻingarchilik boʻlishi va tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 5-10 daraja iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha oʻzgaradi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida kechga yaqin yomgʻir va qor kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi esa 7-12 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 4-9 daraja iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер