Bugun — Qirgʻizistonda motam kuni
Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan 30-iyul mamlakatda koronavirus qurbonlari uchun milliy motam kuni, deb eʼlon qilindi.
“Vafot etganlar uchun chuqur qaygʻu va ularning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirilib, 2020-yil 30-iyul koronavirus pandemiyasi qurboniga aylangan fuqarolar xotirasi uchun Qirgʻiziston Respublikasida milliy motam kuni, deb eʼlon qilishga qaror qilindi”, - deyiladi prezident farmonida.
Bugungi kunga qadar Qirgʻizistonda 34592 kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan, shundan 22296 nafari sogʻaygan va 1347 ta oʻlim holati qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring