Bugun qaysi hududlarda qor yogʻishi maʼlum qilindi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
“Oʻzgidromet” 4-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduz 5-7 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; Ustyurtda kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 0-5 darajasovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7daraja sovuq, kunduzi 4-9daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 6-11 darajailiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi baʼzi joylarda qor yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2-7daraja sovuq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring