Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushadi
Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Mazkur oʻyin Iordaniyaning Amman shahridagi “Qirol Abdulla II”stadionida boʻlib oʻtadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Oʻyin “Sport” kanalida toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki turida vakillarimiz safarda Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring