Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov tugʻilgan kun
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Nurdinjon Ismoilov 1959-yil 20-yanvarda Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida tavallud topgan.
Nurdinjon Ismoilov 1980-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ni tamomlagan.
Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 20-yanvarida Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, quyi palata Spikerini saylash uchun Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuzildi. Mazkur kengashning taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan Nurdinjon Ismoilovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar.
Nurdinjon Ismoilov “Shuhrat” medali hamda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring