Bugun muhokama qilingan masalalar islohotlarimizning natijadorligini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi — Prezident
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Bugun muhokama qilingan masalalar islohotlarimizning natijadorligini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi”, dedi Prezident.
Administratsiya rahbariga yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish boʻyicha maʼmuriy islohotlarni yakuniga yetkazish shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bilan birga yangi tashkil qilingan Nazorat inspeksiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyib, Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qatʼiy taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlari hisobot berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring