Bugun muhokama qiladigan uchta masalamiz bevosita inson qadri bilan bogʻliq, xalqimizni rozi qilishga qaratilgan — Shavkat Mirziyoyev

17:34 07 Aprel 2022 Siyosat
1069 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Bugun muhokama qiladigan uchta masalamiz bevosita inson qadri bilan bogʻliq, xalqimizni rozi qilishga qaratilgan. Ularni bajarmaslikka hech qaysi rahbarning haqqi yoʻq.

Kun tartibidagi birinchi masalada ichki yoʻllar sifatini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalarni muhokama qilamiz.

«Tashabbusli byudjet» portali orqali aholidan tushgan 20 mingta yoki jami takliflarning 25 foizi ham ichki yoʻllarni yaxshilash bilan bogʻliqligi masalaning dolzarbligini koʻrsatmoqda», dedi davlat rahbari.

Bu borada Andijon tajribasi koʻrsatib oʻtildi. Viloyatdagi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan klaster tashkil etilib, olis va chekka mahallalardagi 23 kilometr qum-shagʻal yoʻllar sement-beton qoplamaga oʻtkazildi.

Ushbu 31 ta mahallada asfalt-beton oʻrniga sementdan foydalanish orqali qurilishdan 600 million soʻm iqtisod qilindi. Bu ishlarning hisobiga 350 ming dollarlik bitum importi uchun mablagʻ tejaldi.

Eng asosiysi, klaster oʻzi qurgan yoʻllarni 10 yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер