Bugun mamlakatimizda yana 114 kishida koronavirus aniqlandi

23:35 14 Iyun 2020 Jamiyat
866 0

Illyustrativ foto

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, mamlakatimizda 114 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 81 nafari Karantin muassasalarida, 27 nafari aholi orasida (shundan 10 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida hamda 1 nafari Sirdaryo viloyatida), qolgan 6 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Kun davomida 69 nafar bemor sogʻaydi. Shundan 55 nafari Toshkent shahridagi, 10 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5080 nafar bemordan 3943 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1118 nafar bemordan 12 nafari ogʻir, 2 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 28 297 nafar, statsionar karantinda esa 21 717 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер