Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi
Shu yilning 26-oktyabr kuni mamlakatimizda 279 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 552 nafarga yetdi.
Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida 261 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 65 667 nafar bemordan 62 876 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 239 nafar bemordan 276 nafari ogʻir, 75 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring