Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:09 15 Oktyabr 2020 Jamiyat
759 0

Shu yilning 15-oktyabr kuni mamlakatimizda 316 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 518 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 334 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62371 nafar bemordan 59 429 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 424 nafar bemordan 316 nafari ogʻir, 99 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер