Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi
Shu yilning 12-oktyabr kuni mamlakatimizda 321 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 509 nafarga yetdi.
Eʼtiborli jihati, bugun: Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Fargʻona, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax viloyatlarida 358 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 61 419 nafar bemordan 58 427 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 483 nafar bemordan 318 nafari ogʻir, 107 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring