Bugun faqat hakam noprofessional edi — Luchano Spalletti
8-fevral kuni Italiya A seriyasi doirasida “Yuventus” jamoasi “Latsio” bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Bahs davomida hakam “Yuventus”ning bir golini ofsayd deb bekor qildi, shuningdek, “Latsio” foydasiga bahsli penalti belgiladi. Ushbu qarorlar oʻyindan keyin jiddiy muhokamalarga sabab boʻldi.
Oʻyindan soʻng “Yuventus” jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti oʻyindagi hakamlikni jiddiy tanqid qildi.
“Bugun maydonda 22 nafar professional futbolchi harakat qildi. Hakam esa maydondagi yagona noprofessional edi. Hakamlik tizimida islohotlar oʻtkazish vaqti keldi. Har yakshanba yangi bir voqeaga duch kelyapmiz”, dedi mutaxassis.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring