Bugun bahorni sogʻingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda — Shavkat Mirziyoyev

10:05 21 Mart 2026 Siyosat
213 0

«Bugun bahorni sogʻingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda.

Osmondan obirahmat yogʻilib, daryo va koʻllarimiz suvga toʻlmoqda. Bogʻlarimiz, qir va adirlarimiz oʻt-oʻlanlar bilan qoplanib, yilimiz barakali boʻlishidan darak bermoqda.

Shahar va qishloqlarimiz, vodiy va vohalarimizda sayil-tomoshalar boshlanmoqda.

Yangilanish fasli boʻlgan Navroʻz kunlarida xalqimizning umummilliy birdamligi, bunyodkorlik salohiyati yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda», – dedi Prezidentimiz.

Navroʻz qadriyatlariga sodiq boʻlib, millati, tili, dinidan qatʼi nazar, har bir yurtdoshimizni, butun el-yurtimizni rozi qilish yoʻlidagi ishlar yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Bu yilgi bayramni “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir”, degan daʼvatkor gʻoya asosida oʻtkazilayotgani ham buning yana bir tasdigʻidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер