Bugun 6 mingdan koʻproq abituriyent testga kelmadi

22:53 02 Sentyabr 2020 Jamiyat
930 0

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov AOKAda oʻtkazilgan brifingda test sinovlarini oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Birinchi kungi test sinovlarida jami 118 500 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi kerak edi. Amalda 112 188 nafar abituriyent testda ishtirok etish uchun keldi. 6 312 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra, testda ishtirok etish uchun kelmadi.

Tekshirilganda tana harorati yuqori boʻlgan 4 nafar abituriyent testga kiritilmadi. Ular bilan tibbiyot xodimlari shugʻullandi.

Shuningdek, qayta-qayta ogohlantirishga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan imtihonga oʻzlari bilan turli elektron buyumlari – mobil telefonlar, mikrokalkulyatorlar, quloqchin, elektron soatlar, turli narsalarga bitilgan shpargalkalarni olib kirish holatlari kuzatildi.

Bugun 59 nafar abituriyentlar test sinovidan chetlashtirildi. Ularning 33 nafari uyali telefonlarni, 4 tasi qoʻlbola yasalgan elektron qurilmalarni yashirin olib kirishga uringan. 5 nafari tana qismlariga “shpargalka” yopishtirib kirmoqchi boʻlgan. 5 ta holatda abituriyent oʻrniga boshqa shaxslar kirishga urinib koʻrgan, 1 ta holatda ruxsatnoma qalbakilashtirilgan.

4 ta holatda abituriyentlar bir-biriga yordam bergani uchun testdan chetlatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер