Bronxial astma kasalligini davolashning yangi usuli topildi
AQSH olimlari astma kasalligiga chalingan bemorlar immunitet tizimining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganib, oʻtkir yalligʻlanish reaksiyasini toʻxtatishning yangi usulini topdi.
Endi tadqiqotchilar xastalikning ogʻir shaklida qoʻllaniladigan ikkita muolaja turini sinovdan oʻtkazmoqda.
Mutaxassislar fikricha, hozir astmaning ogʻir shaklidan aziyat chekayotgan bemorlarda qoʻllanilayotgan standart davo choralari yuqori samaradorlikka ega emas. Shu bois, yangi muolaja usuliga ehtiyoj katta.
Xoʻsh, tadqiqot qanday kechdi?
AQSHning La-Xoyi Immunologiya instituti olimlari astmada oʻtkir yalligʻlanish reaksiyasini keltirib chiqaruvchi molekulyar mexanizmlarni oʻrganib, maʼlum signallarni bloklash ogʻir simptomlarni yengillashtirishini aniqladi.
Maʼlumki, inson organizmida allergenlar aniqlanganda, E immunoglobulini (IgE) leykotsitlarning maʼlum bir turi bilan aloqaga kirishib, ularni gistamin ajraladigan omil — HRF ishlab chiqarishga undaydi.
Shu tariqa gistamin taʼsiri allergik reaksiyani yuzaga keltirib, nafas olish jarayonini qiyinlashtiradi.
Tadqiqot davomida IgE va HRF oʻrtasidagi aloqa xususiyatlari oʻrganilib, astmani davolash uchun yangi “nishon” topildi.
Ayni paytda olimlar ikkita davolash usulini sinab koʻrmoqda. Birinchisi — oʻtkir yalligʻlanish reaksiyasini bartaraf etishga qaratilgan HRF-2CA molekulasi. Ikkinchi usul SPF7-1 s IgE vmesto HRF oʻrniga SPF7-1 antitanasining IgE bilan bogʻlanishiga asoslangan.
Tez orada klinik sinovlar oʻtkazilib, ularning natijalari eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring