Brodveydagi kioskalar auksionga qoʻyildi

15:35 24 Iyun 2019 Jamiyat
1334 0

Toshkent shahar hokimligi poytaxt markazidagi koʻchma savdo doʻkoncha(kioska)larini ijaraga olish uchun taklif etyapti. Kioskalar auksion orqali beriladi. Ijaraning boshlangʻich narxi 8 mln. soʻm etib belgilangan. Bu haqda hokimlik oʻz telegram kanalida xabar berdi.

Sh.Rashidov va Buyuk Turon koʻchasidagi 7 ta kioska, Sayilgoh (Brodvey) koʻchasidagi 40 ta kioska auksionga qoʻyilgan.

Auksion shu yil 4-iyul kuni soat 15:00da boʻlib oʻtadi.

Ijara shartnomasi har bir kioska boʻyicha 5 yil muddatga tuziladi. Shuningdek, savdo doʻkonchalari ijarasi va ulardan foydalanish boʻyicha har yillik uch tomonlama shartnoma ham imzolanadi.

Auksionda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2-iyul kuni soat 18:00da yakunlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер