Britaniyada saratonga qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi
Londonning Frensis Krik instituti olimlari oʻpka, ichak va oshqozon osti bezi saratoniga qarshi vaksining birinchi klinik sinovlari muvaffaqiyatli oʻtganligini eʼlon qilishdi. Sichqonlar ustida olib borilgan laboratoriya sinovlari oʻz samaradorligini koʻrsatdi, deb yozmoqda FAN.
Taʼkidlanishicha, preparat zararlangan hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan oqsilning bir qismini, shuningdek, saraton hujayralarini aniqlash va yoʻq qilishda immunitet tizimini faollashtirish uchun masʼul boʻlgan antitanachalarni oʻz ichiga olgan.
“Vaksinadan davolash amaliyotida foydalanish davomida sichqonlarda oʻsmalar oʻsishining sekinlashganligini, profilaktika chorasi sifatida foydalanilganda esa shishlar uzoq vaqt davomida paydo boʻlmaganligini koʻrdik”, deydi tadqiqot mualliflaridan biri doktor Reychel Ambler.
Qayd etilishicha, mutaxassislar oʻz ishlarining natijalari haqida koronavirus pandemiyasi sababli onlayn tarzda oʻtkaziluvchi Molekulyar maqsadlar va saraton terapiyasi boʻyicha EORTC-NCI-AACR 32-simpoziumida maʼlum qilishni rejalashtirishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring