Braziliyadagi shifoxonalarda kislorod yetishmayapti

12:27 17 Yanvar 2021 Dunyo
921 0

Braziliyaning Manaus shahri aholisi hukumatni sanitariya inqirozini bartaraf eta olmayotganlikda ayblamoqda. Masalan, mahalliy kasalxonalarda koronavirusning ogʻir shakliga chalingan bemorlarga kislorod yetishmayapti. Ularning nafas olishlarini taʼminlash uchun qarindoshlari kislorod ballonlarini sotib olishda ham qiynalishmoqda. Ushbu moslamani xarid qilish uchun ulkan navbatlar paydo boʻlgan. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

Braziliyada oʻtgan yil 26-fevral kuni Covid-19 bilan bogʻliq birinchi holat qayd etilgan boʻlsa, u bugungi kunda bemorlar soni koʻpligi boʻyicha AQSH va Hindistondan keyin uchinchi, oʻlimlar soni boʻyicha AQSHdan keyin ikkinchi oʻrinda turibdi.

Qayd etilishicha, mutasaddilar Manausning maʼmuriy markazi Amazonasdagi baʼzi bemorlarni mamlakatning boshqa hududlaridagi shifoxonalarga koʻchirishga qaror qilishgan. Xususan, kamida 60 nafar chaqaloq Manausdan davolash uchun olib chiqib ketilgan.

Davlat rahbari Jair Bolsonaru kislorod bilan bogʻliq muammo borligini tan olgan. “Biz nimaga masʼul boʻlsak, shuni qilamiz. Manausdagi holat esa haqiqatan ham dahshatli. Lekin ishning bir qismini bajardik”, — degan u.

Gap shundaki, Braziliya harbiy havo kuchlari Amazonasga 9 ta kislorodli ballon yetkazib bergan. Umuman, oxirgi besh kunda bu yerga qariyb 400 ta ballon olib kelingan.

Oʻtayotgan haftada mamlakatda virusni yuqtirib olganlar soni deyarli 360 ming kishini tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер